Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:46

Vladimir Klichko o‘n yildan so‘ng ilk bor mag‘lubiyatga uchradi


Britaniyalik Tayson Fyuri o‘ta og‘ir vaznli bokchsilar orasida mutlaq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylandi. 27 yoshli Fyuri boks tasnifidagi eng muhim uchta IBF, WBO va WBA kamarlarini Germaniyaning Dyusseldorf shahrida futbol stadioniga yig‘ilgan 45 ming tomoshabin o‘ngida qo‘lga kiritdi.

Britaniyalik Tayson Fyuri o‘ta og‘ir vaznli bokchsilar orasida mutlaq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylandi.

27 yoshli Fyuri boks tasnifidagi eng muhim uchta IBF, WBO va WBA kamarlarini Germaniyaning Dyusseldorf shahrida futbol stadioniga yig‘ilgan 45 ming tomoshabin o‘ngida qo‘lga kiritdi.

29 noyabrga o‘tar tunda bo‘lib o‘tgan mushstalshuvda Tayson Fyuri 39 yoshli Klichko ustidan ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.

"Hali boksni tark etishimga erta, lekin rematch albatta bo‘ladi," dedi Klichko mag‘lubiyat ortidan.

U IBF kamarini 2006, WBO kamarini 2008 va WBA kamarini 2011 yildan buyon egallab kelayotgandi.

Vladimir Klichkoning akasi bo‘lgan sobiq jahon chempioni Vitaliy hozirda Kiev shahriga hokimlik qilmoqda.

Tayson Fyurining g‘alabasi boks sharhlovchilari boks tarixidagi eng kutilmagan natija deya qayd etmoqdalar. ​

2006 yildan buyon Vladimir Klichko o‘z chempionlik kamarini 19 marta muvaffaqiyatli himoya qilgandi.

Mushtlashuv o‘ta palapartish kechgan esa-da, o‘zining ustun mahoratini ko‘rsatgan Fyuriyni uchala hakam ham g‘olib deb topdi.

"Lo‘lilar qiroli"

Manchester shahrida ulg‘aygan Tayson Fyuriy Bob Flitzimmons, Lenoks Lyuis, Frank Bruno va Devid Haedan keyin chempionlik kamarini taqqan beshinchi britaniyalikdir.

Tayson Fyuri irlandiyalik ko‘chmanchi lo‘li oilasida tug‘ilgan.

Uning otasi Jon Fyuri ham 1980-yillarda pullik ko‘cha mushtlashuvchisi sifatida nom chiqargandi.

Britaniya matbuotiga ko‘ra, Tayson dunyoga kelgan payti shifokorlar uning tirik qolishiga ishonishmagan: muddatidan uch oy oldin tug‘ilgan chaqaloqning vazni yarim kilogramga ham etmasdi.

Otasi boks bo‘yicha o‘sha yildagi jahon chempioni Mayk Taysonga havas qilib, o‘g‘liga Tayson ismini qo‘yadi.

Bugun Tayson Fyuri o‘zini "lo‘lilar qiroli" deb ataydi.

U bugungacha 25 jang o‘tkazib, ularning barini g‘alaba bilan yakunlagan.

XS
SM
MD
LG