Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:04

"O‘zbekenergo" Namanganda 1,1 milliard dollarlik issiqlik elektr stantsiyasi qurilishini aytmoqda

“O‘zbekenergo” davlat shirkati Namangan viloyatida umumiy qiymati 1,1 milliard AQSh dollariga teng issiqlik elektrostantsiyasini qurish uchun tender e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, tender joriy yil dekabrь oyida e’lon qilinadi va 2016 yil yoz oylarida loyihani amalga oshiradigan shirkat tanlab olinadi.

“O‘zbekenergo” davlat aktsiyadorlik shirkatiga tayanib berilayotgan xabarlarga ko‘ra, 1,1 milliard dollarlik loyiha doirasida Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektrostantsiyasida ikkita energoblokni qurib birkazish rejalashtirilgan.

“Bosh pudratchini tanlash bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlandi. Qator tashkiliy masalalar qolmoqda, dekabrda tender e’lon qilinadi”, deya iqtibos keltiriladi xabarda “O‘zbekenergo” vakili so‘zlaridan.

Namangan viloyatida quvvati 900 MVtga teng To‘raqo‘rg‘on IESni qurish ishlari 2013 yilda boshlangan. 1,1 milliard dollarga quriladigan ikkita energoblokning har biri 450 MVt quvvatiga ega bo‘lib, inshootda yiliga 7 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Energoblokning birinchisini 2018 yilda, ikkinchisini esa 2019 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.

1,1 milliard dollarlik loyiha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi krediti hamda O‘zbekiston qayta qurish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi aytilmoqda. Yaponiya kreditidan loyihaning 704 million dollar, hukumat jamg‘armasidan esa 300 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Hukumat O‘zbekistonda yangi energiya inshootlari qurilishi haqida yillardan beri gapirib kelishiga qaramasdan, mamlakat aholisining katta qismi elektr va tabiiy gaz taqchilligidan aziyat chekadi.

XS
SM
MD
LG