Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:50

Navalniy Rossiya bosh prokuraturasidagi korrupsiya haqidagi tergov natijalarini e’lon qildi


Rossiya muxolifati lideri Aleksey Navlniy boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi Rossiya Bosh prokuraturasidagi korrupsiya yuzasidan o‘tkazilgan jurnalistik tergov natijalarini e’lon qildi. Mualliflar bosh prokuror Yuriy Chayka oila a’zolari va prokuraturaning boshqa yuqori amaldorlarini korruptsiyada hamda “tamagirlik, poraxo‘rlik va reyderlikka asoslangan” biznes tuzimlarini yo‘lga qo‘yganlikda ayblaydi. Navalniyning o‘zi mazkur reportajni Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi tarixidagi eng yirik tergov, deya atadi.

Rossiya muxolifati lideri Aleksey Navlniy boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi Rossiya Bosh prokuraturasidagi korrupsiya yuzasidan o‘tkazilgan jurnalistik tergov natijalarini e’lon qildi. Mualliflar bosh prokuror Yuriy Chayka oila a’zolari va prokuraturaning boshqa yuqori amaldorlarini korrupsiyada hamda “tamagirlik, poraxo‘rlik va reyderlikka asoslangan” biznes tuzimlarini yo‘lga qo‘yganlikda ayblaydi. Navalniyning o‘zi mazkur reportajni Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi tarixidagi eng yirik tergov, deya atadi.


Rossiya hokimiyat tizimidagi korrupsiyani fosh qilish bilan shug‘ullanadigan jamg‘arma 1 dekabr kuni e’lon qilgan jurnalistik tergov natijalarida bosh prokuratura amaldorlari va ularning oila a’zolari yo‘lga qo‘ygan korrupsion sxemalar hamda uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqalari fosh etilgan. Xususan, 2010 yilda Krasnodar viloyatining Kushchyovskaya qishlog‘ida 12 kishini o‘ldirgan Sergey Sapok bandasi hamda M4 “Don” avtotrassasida qator qotilliklarni sodir etgan “GTA bandasi”ning bosh prokuratura amaldorlari bilan aloqalari haqida gap boradi reportajda.


Yozma va video shaklda e’lon qilingan jurnalistik tergovni Aleksey Navalniy Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi tarixidagi eng yirik tergov bo‘lganini aytmoqda.


Uning aytishicha, tergov uchun materail to‘plash uchun jamg‘arma faollari Gresiya, Shveysariya, Irkustk, Krasnodar va Kalugaga safar qilishgan.
“Biz ofshor hujjatlari, ko‘chmas mulk reestrlarini o‘rganib chiqdik. 13 yil avval xususiylashtirilgan kemalarning bojxona deklarasiyalarini izladik. O‘ldirilgan odamlar qarindoshlarini izladik, biznesi tortib olingan odamlar bilan gaplashdik. Chaykalar oilasiga jinoiy sxemalarni tuzishda yordamlashayotgan har bir odamning tarjimai xolini o‘rganib chiqdik”, deya yozdi muxolifatchi o‘zining shaxsiy blogida.


Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi Rossiya Bosh prokuraturasi rahbariyatining darhol iste’foga ketishini hamda idora rahbari Yuriy Chayka va uning o‘g‘illari Artyom va Igorga nisbatan “kengqamrovli aksil-korrupsion tergov” o‘tkazilishini talab qildi


Rossiya hokimiyati vakillari Bosh prokuratura tizimidagi korrupsiya to‘g‘risida Navalniy jamg‘armasi ilgari surgan iddaolarni izohlaganicha yo‘q.
Oktyabr oyida Aleksey Navalniy boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi Rossiya hukumatining yana bir amaldori – Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 18 million AQSh dollariga teng hashamatli hovlisi to‘g‘risidagi jurnalistik tergov xulosalarini e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG