Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:03

O‘zbek-tojik chegarasidagi bahsli qishloqda Tojikiston maktab qurilishini boshladi


O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida bahsli hudud bo‘lib qolayotgan Sarband qishlog‘ida tojik rasmiylari maktab qurilishini boshlab yubordi. So‘g‘d viloyati Spitamen tumani rasmiylarining bildirishicha, asosan o‘zbeklar va ozroq tojiklar yashaydigan bu qishloqdagi birinchi tojik maktabi 2016 yilda o‘quvchilarni qabul qiladi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida bahsli hudud bo‘lib qolayotgan Sarband qishlog‘ida tojik rasmiylari maktab qurilishini boshlab yubordi. So‘g‘d viloyati Spitamen tumani rasmiylarining bildirishicha, asosan o‘zbeklar va ozroq tojiklar yashaydigan bu qishloqdagi birinchi tojik maktabi 2016 yilda o‘quvchilarni qabul qiladi.

O‘zbekistonning Bekobod shahri va Tojikistonning Spitamen tumani chegarasida joylashgan Sarband qishlog‘i aholisining asosiy qismi o‘zbeklardir. Shuning uchun bu erda o‘zbek maktabi mavjud. Bu maktabdagi o‘quv jarayoni O‘zbekiston Maorif vazirligi belgilab bergan dasturlar asosida olib boriladi. Maktab o‘qituvchilariga oylik maosh ham O‘zbekiston byudjetidan to‘lanadi.

O‘zbekistonning “Farxod” GESidan uncha uzoqda bo‘lmagan bu qishloqda tojik rasmiylari kecha tojik tilida o‘qitiladigan maktab qurilishining tamal toshini qo‘yish marosimini o‘tkazdi. Maktab 2016 yilning mart oyigacha qurib bitkazilishi aytilmoqda.

Bu qishloq O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida bahsli bo‘lib turgan hudud hisoblanadi. Tojikiston tomoni Sarband qishlog‘ini o‘ziga qarashli hudud deb biladi, biroq bu qishloq ma’muriy jihatdan O‘zbekistonga bo‘ysunadi. Qishloq aholisi esa bunday noaniqlikdan muntazam ravishda turli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

- SSSR paytida ham ikki respublikaning xalqi bu erda aralash yashagan. Bu to‘g‘on 1948 yilda qurilgan edi. Bu erda to‘g‘on qurishganda suv bosgan joylar uchun O‘zbekiston joy bergan. Aslida bu Tojikistonning eri, lekin O‘zbekistonga o‘tib qolgan, -deydi qishloq keksalaridan biri Rahmon Xo‘jakeldiev.

Tojik rasmiylariga ko‘ra, bu qishloq fuqarolari orasida O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lganlar ham, tojikiston pasportiga ega bo‘lganlar ham bor. O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolariga bu qishloqdan ko‘chib ketishni ham taklif qilgan.

-O‘zbekiston hukumati o‘zbek pasporti bor odamlarga er ajratgan va ularni o‘sha erga ko‘chib borishga taklif qilgan. Biroq u joylar odamlarga ma’qul kelmagan, -deydi Spitamen tuman rasmiylaridan biri Ravshan Qosimov.

“Farxod” GESi va Sarband qishlog‘i o‘tgan asrning 50- yillarida qurilgan bo‘lib, strategik muhim ob’ektlardan biri hisoblanadi. Bu ob’ektlar O‘zbekistondagi minglab gektar qishloq xo‘jalik erlarini suv, aholini va ishlab chiqarish korxonalari esa elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Tojikistonlik tahlilchilar va rasmiylar O‘zbekiston mana shu muhim inshootni o‘ziniki qilib olish maqsadida Sarband qishlog‘i aholisini O‘zbekiston fuqarolariga aylantirishga harakat qildi, degan iddaolar bilan chiqmoqda.

- Biz fuqarolik urushi va iqtisodiy muammolar bilan ovora bo‘lib yurgan paytimizda O‘zbekiston hukumati u erda yashaydigan odamlarni o‘zbek fuqarosi qilishga harakat qildi va ancha buning uddasidan ham chiqdi. Bu suv ombori hududiga egalik qilish uchun qilingan tadbir edi, - dedi tahlilchi Xurshid Atovulloh.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng “Farxod” GESi O‘zbekiston nazoratida qolgan. GES yaqinidagi qishloqlarga esa O‘zbekiston bojxonachilari va chegarachilari o‘z o‘tkazish punktlarini o‘rnatgan edi. Biroq 2002 yilda Tojikiston mazkur hududdan chegara va bojxona punktlarining olib tashlanishiga erishgan edi. Tojik rasmiylariga ko‘ra, qishloq Tojikiston tomonidan nazorat qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG