Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:36

O‘zbekistonda amnistiya e’lon qilingani xabar qilindi


3 dekabrda O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligi munosabati bilan Amnistiya e’lon qilingani to‘g‘risida UzDayly.uz sayti xabar qildi.

3 dekabrda O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligi munosabati bilan Amnistiya e’lon qilingani to‘g‘risida UzDayly.uz sayti xabar qildi.

“Amnistiya to‘g‘risida”gi qaror O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida qabul qilingan.

Amnistiya ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlat fuqarolari, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslar, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi aytilmoqda.

Hozircha amnistiya necha mahkumga nisbatan qo‘llanilishi ochiqlanmadi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan Amnistiya, UzDayly.uz saytining xabar qilishicha, 52 mingdan ortiq shaxsga qo‘llanilgan.

XS
SM
MD
LG