Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:01

Qozog‘iston O‘zbekistonga yil boshidan buyon 1 mln tonna don eksport qildi


Joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida Qozog‘iston O‘zbekistonga 1 million tonnadan ortiq bug‘doy eksport qilgan.

Joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida Qozog‘iston O‘zbekistonga 1 million tonnadan ortiq bug‘doy eksport qilgan.

Bu haqda ma’lumot tarqatgan Qozog‘iston Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan import qilgan bug‘doy qiymati qariyb 167 million dollarga teng bo‘lgan.

Qo‘mita O‘zbekistonga eksport qilingan bug‘doy hajmi 2014 yilning shu davriga nisbatan qariyb 40 foizga, qiymati bo‘yicha esa qariyb 43 foizga oshganini qayd etadi.

O‘zbekistondan tashqari qozoq bug‘doyini katta hajmda Tojikiston, Qirg‘iziston, Eron, Italiya, Ozarbayjon, Xitoy, Afg‘oniston va Turkiya kabi mamlakatlar sotib olgan.

XS
SM
MD
LG