Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:02

O‘zbekiston prezidenti Ozarboyjon prezidentiga hamdardlik maktubini yo‘lladi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Kaspiy dengizidagi neft konida yuz bergan fojea yuzasidan Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Alievga hamdardlik maktubini yo‘lladi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Kaspiy dengizidagi neft konida yuz bergan fojea yuzasidan Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Alievga hamdardlik maktubini yo‘lladi.

Ozarboyjon prezident xizmati e’lon qilgan maktubda, jumladan shunday deyiladi:

"Kaspiy dengizidagi neft qazib olish platformasida sodir bo‘lgan yong‘inda insonlar hayoti qurbon berilgani munosabati bilan mening samimiy ta’ziyamni qabul qiling. Qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardligimizni yetkazishingizni so‘rayman".

4 dekabr kuni Kaspiy dengizining offshor hududida kuchli to‘fon turgach, bu erda joylashgan neft konidagi burg‘ulash qudug‘ida yong‘in chiqqan edi.

Davlatga tegishli SOCAR shirkati bergan ma’lumotga ko‘ra, 6 ishchining jasadi topilgan, 23 ishchi qidirilmoqda.

Ozarboyjonda Neft konlari ishchilari huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi halokatda 32 kishi o‘lgan, 42 kishi qutqarilgan, deb bayonot bergan, ammo davlat shirkati bu ma’lumotlarni tasdiqlagani yo‘q.

6 dekabrni prezident Ilhom Aliev mamlakatda milliy motam kuni, deb e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG