Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:40

Rahmonning "Millat Peshvosi" sifatida e’lon qilinishiga 2 bosqich qoldi


Tojikiston parlamenti quyi palatasi deputatlari chorshanba kungi majlisida "Tinchlik va milliy birlik asoschisi – “millat peshvosi” to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ma’qulladi.

Parlament quyi palatasi raisi Shukurjon Zuhurovning jurnalistlarga aytishicha, mazkur qonun loyihasi mamlakatda kechayotgan demokratik jarayonlar bilan ziddiyatga kirishmaydi. O‘z fikrini quvvatlashga urinar ekan, Shukurjon Zuhurov “millat peshvosi” degan maqom boshqa davlatlarda ham mavjudligini ta’kidlagan va misol tariqasida AQSh (Jorj Vashington), Turkiya (Kamol Otaturk) Hindiston (Gandi) va Qozog‘iston (Nazarboev) larni tilga olgan.

“Mamlakat ichida ham, tashqarida ham tashabbusimizga turlicha munosabatda bo‘lishlarini bilamiz va bu tabiiydir”, degan Shukurjon Zuhurov.

U Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning 90- yillar o‘rtasida fuqarolar urushini to‘xtatishdagi rolini eslab o‘tdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, “millat peshvosi” daxlsizligi kafolatlanadi, uning barcha sarf-harajatlari umrbod davlat byudjeti hisobidan bo‘ladi.

"Tinchlik va milliy birlik asoschisi – “millat peshvosi” to‘g‘risida"gi qonun loyihasi endi Tojikiston parlamenti yuqori palatasi tasdig‘idan o‘tishi kerak.

Senat tasdig‘idan o‘tgan qonun loyihasini prezident Imomali Rahmon imzolaganidan so‘ng kuchga kiradi va Imomali Rahmon Millat Peshvosiga aylanadi.

XS
SM
MD
LG