Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:38

OzodMikrofon: Rossiyaga kirishda Ergashev Yergashevga aylanib qoldi...


Kuni-kecha O‘zbekistondan Sankt-Peterburgning Pulkovo-1 aeroportiga uchib kelgan mehnat muhojirlaridan biri Ozodlikka sim qoqib¸ Rossiyaga yangi biometrik pasport bilan kirayotgan o‘zbekistonliklar duch kelayotgan jiddiy muammoni tilga oldi. Uning guvohlik berishicha¸ pasport tekshiruvi davomida lotin yozuvidagi ism-familiyaning kirilchaga o‘girilishi va bunda harflarning o‘zgarishi oqibati bor odam yo‘qqa chiqib qolmoqda.

Bunday muammoga¸ suhbatdosh ta’kidicha¸ aynan biometrik pasport bilan birinchi marta Rossiyaga kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari duch kelmoqda.

- Yillardan beri Rossiyada Ergashev sifatida registrasiyada turib¸ patent¸ straxovka va boshqa hujjatlariga Ergashev yozilganlar¸ biometrik pasport bilan kirayotganda¸ Rossiya chegarachilari ularni Yergashev qilib rasmiylashtirayapti. Registrasiyaga kirish uchun borsa¸ UFMS sen endi oldingi Ergashev emas¸ boshqa Yergashevsan¸ balki jinoyatchidirsan¸ deyapti. Yo‘q¸ o‘sha Ergashev menman¸ desangiz¸ tan olmayapti. Rossiyadan chiqib¸ boshqatdan kirasan¸ kirishda familiya-ismingni to‘g‘ri yozdirasan¸ deyapti¸ deydi o‘zbekistonlik mehnat muhojiri.

Pulkovo-1 aeroportida O‘zbekistondan uchib kelayotgan yuzlab mehnat muhojirlarining ochiq tahqir va qonunsizliklarga duch kelayotganini ta’kidlagan suhbatdosh¸ ularning aeroport hududida majburan tibbiy sug‘urta olishga majburlanayotganini ham hikoya qilib berdi.

- 200 dan oshiq odam uchib kelgan bo‘lsa¸ shularni chiqishda FMS xodimlari to‘xtatib¸ tibbiy sug‘urtangni ko‘rsat¸ deyapti. Yo‘q bo‘lsa¸ 1200 rublga sotib olasan¸ deb majburlayapti. Ko‘chada shu sug‘urta 500 rubl turadi. Olmayman¸ desangiz¸ hozir deport qilaman¸ deb do‘q qiladi¸ hatto kuch ishlatishadi¸ deydi Pulkovo-1 aeroportidagi sarguzashtlarini hikoya qilgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri.

Suhbatni to‘lig‘icha quyida tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG