Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:25

Odil Ahmedov bir yilda 1,7 million yevro ishladi


Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi tarkibida o‘ynayotgan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov 2015 yilda 1 million 700 ming yevro daromad topdi. Bu haqda Sports.ru nashri xabar berdi.

Sport portalining bildirishicha, Odil Ahmedov Rossiyaning eng ko‘p ish haqi oladigan futbolchilari reytingining 55-pog‘onasini egallagan.

Reytingda 71 futbolchining ismi keltirilgan. Ular “Zenit”, “Dinamo”, “Lokomotiv”, “Spartak”, "CSKA, “Krasnodar”, “Anji” va “Rubin” klublari o‘yinchilaridir.

Odil Ahmedov 2015 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat o‘yinchisi hisoblanadi. Uning transfer haqi yiliga 8,5 million yevroni tashkil qiladi.

Sports.ru nashriga ko‘ra, Rossiyaning eng qimmat o‘yinchisi, deb 2015 yilda 7 million yevro ishlagan Xalk, 5 million yevro haq olgan Aleksandr Kokorin va Esekiel Garaylarni hisoblash mumkin.

XS
SM
MD
LG