Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:15

Rossiya O‘zbekistonning 29 tonna sabzavotini ortga qaytardi


Rosselxoznadzor O‘zbekistondan borgan 29 tonna sabzavotni chegaradan o‘tkazmadi.

Rus matbuotiga ko‘ra, sabzavotlarni qadoqlashda markirovka qoidalariga javob bermagani ro‘kach qilinib, ular Rossiyaga o‘tkazilmagan.

O‘zbekistonga tegishli yuklarning Rossiyadan ortga qaytarilishi ilk bor kuzatilmayapti.

Iyun oyida Rosselxoznadzor O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tegishli jami 205 tonna meva va sabzavotni chegaradan o‘tkazmadi.Tashkilot yuklar orasida Rossiyaga kiritilishi taqiqlangan sabzavot va mevalar borligini ro‘kach qilgan edi.

22 may kuni Rossiyaning Bryansk va Smolensk oblastlari Veterinariya va fitosanitariya nazorati idorasi Ukrainaning Vinnisa shahridan O‘zbekistonga olib kelinayotgan Roshen fabrikasi mahsulotlarini ortga qaytargan edi.

Rossiya nazoratchilari o‘zbek tadbirkorlariga mo‘ljallangan 20 tonna quruq sut va sariyog‘ rasmiylashtirilmaganini gapirmoqda.

O‘tgan yilning dekabrida Belarus orqali O‘zbekistonga jo‘natilayotgan 1 ming tonna Litva sariyog‘i Rossiya chegarasiga etmasdan ortga qaytarilgan edi.

XS
SM
MD
LG