Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:47

Pokiston bozorida yuz bergan portlashda kamida 12 kishi halok bo‘ldi


Pokistonning Afg‘oniston chegarasiga yaqin shaharchadagi bozorda yuz bergan bomba portlashida kamida 12 nafar odam halok bo‘ldi va yana kamida 30 nafar kishi yaralandi.

Pokiston rasmiylarining aytishicha, portlash 13 dekabrda Parachinor shaharchasidagi bozorda oldi-sotdi qizigan paytda sodir etilgan.

Mahalliy do‘kondorlardan birining ma’lum qilishicha, portlash tushlik mahali ko‘plab xaridorlar, jumladan ayollar qishki kiyim sotib olayotgan paytda bozorni larzaga keltirgan.

"Juda qattiq portladi, – deya tasvirladi hodisani do‘kondor. – Tashqariga yugurib chiqqan paytimizda odamlar dod-faryod solardi, hamma yoq qonga belangandi."

Mahalliy televideniesi tasvilarida yuzlab odamlarning bozordan qochayotgani, politsiya hodisa yuz bergan joyni o‘rab olayotgani va tez yordam mashinalari namoyish qilingan.

Mahalliy shifoxona doktor og‘ir yaradorlar ko‘pligi va o‘lganlar soni yanada oshishi mumkinlinini aytgan.

Parachinor Xurram qabila mintaqasidagi asosiy shahar bo‘lib, oxirgi yillarda sunniy va shia musulmonlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sahna bo‘lib keladi.

Pokiston armiyasi tez-tez hududni jangarilardan tozalash bo‘yicha harbiy amaliyotlar o‘tkazib turadi.

Bir kun muqaddam Pokiston hukumati Shimoliy Vaziriston mintaqasi jangarilardan deyarli tozalanganini e’lon qilgandi.

Pokiston armiyasi so‘zchisiga ko‘ra, 2014 yil iyunidan boshlab hozirga qadar 3400 nafar Tolibon isyonchisi halok etilgan.

XS
SM
MD
LG