Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:08

Fransiyadagi mahalliy saylovda ultra o‘ngchilar mag‘lubiyatga uchradi


Fransiyada o‘tgan mahalliy saylovlarning ikkinchi bosqichida, ekzit-poll natijalariga qaraganda, o‘ta o‘ngchilar mag‘lubiyatga uchradi.

Dastlabki rasmiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, Nor-Pa-de-Kale viloyatida Milliy front lideri Marin Le Pen respublikachilar rahbari Ksave Bertrandan oz ovoz olgan. Janubda ham Milliy front respublikachilarga yutqizgan.

Saylovning bir hafta avval o‘tkazilgan birinchi bosqichida Marin le Pen Fransiyaning 13 viloyatidan 6tasida ko‘p ovoz olib, saylov lideriga aylangan edi.

Milliy front rahbari Marin Le Pen mag‘lubiyatni tan oldi, lekin siyosiy kurashni davom ettirishini bildirdi. Le Pen va uning partiyasi muhojirlar va qochqinlarga qarshi siyosat tarafdori edi.

XS
SM
MD
LG