Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:29

Tojikiston IIV: Dushanbedagi hujumlarni islomiy partiya moliyalashtirgan


Tojikiston Ichki ishlar vaziri sentyabr oyida poytaxt Dushanbe va atrofida sodir etilgan qurolli hujumlar faoliyati taqiqlangan "Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi" tomonidan moliyalashtirilganini aytdi.

Ramazon Rahimzodaga ko‘ra, "terrorchi guruhni" 10-12 kun ichida yo‘q qilishda "oddiy odamlar huquq-tartibot organlariga yordam bergan".

Tojikiston hukumati 4 sentyabrda Dushanbe va atrofida sodir etilgan bir necha hujum uchun Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abdulhalim Nazarzodani ayblagan edi.

Mazkur hujumlarda 20 dan ortiq odam halok bo‘lgandi.

Ko‘p o‘tmay tutish amaliyoti chog‘ida Abdulhalim Nazarzoda va uning tarafdorlari hukumat qo‘shinlari tomonidan halok etildi.

"Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi" faoliyati mamlakatda 29 sentyabrdan boshlab taqiqlab qo‘yilgan.

Tojikiston Oliy sudi ushbu partiyani "eksremist va terrorist tashkilot" deb topgan.

Mintaqadagi yagona islomiy partiyaning berkitilishi xalqaro tashkilotlar tomonidan tanqid qilindi.

XS
SM
MD
LG