Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:40

Farg‘onada to‘rt gazchining fojiali o‘limi yuzasidan MXX ish ochdi


“Vodiygazta’minot” unitar korxonasining to‘rt nafar xodimi o‘limi yuzasidan viloyat Milliy xavfsizlik xizmati ish ochib, surishtiruv olib bormoqda. Ozodlik manbasiga ko‘ra, 13 dekabr kuni unitar korxonaning to‘rt nafar xodimi Farg‘ona shahridagi gaz quvuri quduqlaridan biriga tushib, ishlayotgan payti gazdan zaharlanib o‘lgan. To‘rt gazchining o‘limiga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lgani aytilayapti.

Voqea 13 dekabr kuni Farg‘ona shahridagi “Vodiygazta’minot” unitar korxonasiga qarashli gaz quvuri quduqlaridan birida yuz bergan.

Quvurga tushgan to‘rt gazchining gazdan bo‘g‘ilib o‘lgani haqida Ozodlikka voqea tafsilotlaridan xabardor farg‘onalik manba xabar qildi:

“Shahar markazidan 3 kilometr uzoqlikdagi Vatniy massivida “Vodiygazta’minot”ning to‘rt xodimi gaz quvuri qudug‘iga tushib, is gazidan zaharlanib o‘ldi. Quduq yonida jami 5 yoki 6 odam bo‘lgan. Dastlab 2 kishi quduqqa tushib, shu zahoti gaz isidan hushini yo‘qotgan. Keyin yana 2 kishi ularni qutqarishga yordamga tushgan va ular ham quduqda qolib ketgan. MChS bilan yordamchi kuchlar 30 daqiqadan keyin yetib kelgan”, deya xabar qildi voqea tafsilotlaridan xabardor manba.

Farg‘onadagi huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, korxonaning o‘lgan to‘rt xodimiga tabiiy gazdan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan:

“To‘rt kishi ham quduqning ichida payti zaharlangan. Bular - 1973 yil 18 oktyabrda tug‘ilgan Jamoliddinov Shokirjon Muxtorovich. Keyin 1971 yil 10 may kuni tug‘ilgan Usmonov Dilmurod Ergashevich. Ikkalasi ham oilali bo‘lib, har birining 3tadan farzandi bor. Uchinchisi 1990 yil 14 aprelda tug‘ilgan Kenjayev Mamazaril Musajonovich. Bu bola hali uylanmagan bo‘lgan. Yana biri 1984 yil 26 avgustda tug‘ilgan Zaripov Abduqayum Isohjonovichdir”, dedi huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasi.

Voqea tafsilotidan xabardor farg‘onalik manbaga ko‘ra, falokatga “Vodiygazta’minot” korxonasi mulozimlarining mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgani aytilayapti:

“Vodiygazta’minot” 13 dekabr dam olish kuni bo‘lsa ham ish tashkillashtirgan. Ushbu xodimlarga yakshanba kuni bulgani uchun protivogaz berilmagan. Bu xodimlar gaz sizib chiqayotgan quduqqa tushib, gazni berkitishmoqchi bo‘lishgan payti shu falokat sodir bo‘lgan”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz farg‘onalik manba.

Huquq-tartibot idoralaridagi manba bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa yuzasidan viloyat Milliy xavfsizlik xizmati jinoiy ish ochib, tergov-surishtiruv ishlarini boshlagan.

Shuningdek, voqeani o‘rganish uchun MXX boshchiligida Toshkentdagi mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus komissiya tuzilib, Farg‘onaga jo‘natilgan.

“Vodiygazta’minot” unitar korxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, falokat texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganlik oqibatida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda va hozirda falokat sabablari o‘rganilmoqda.

Korxona mulozimi yordamchi kuchlar voqea joyiga kechikib yetib borgani haqidagi ma’lumotlarni inkor qilib, falokat haqida signal tushishi bilan yordamchi guruh yetib borganini bildirdi.

Mulozimga ko‘ra, falokatda halok bo‘lgan to‘rt gazchining dafn marosimi xarajatlarini “Vodiygazta’minot” o‘z zimmasiga olgan:

“Dafn marosimlariga yordam berildi. Kecha uchtasi ko‘mildi, bugun bittasi ko‘mildi. Sug‘urta tomonidan to‘lanadigan pullar Toshkentdan keladigan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi”, dedi korxona mulozimi.

Gaz sohasi mutaxasislariga ko‘ra, O‘zbekistonda texnika xavfsizligiga amal qilmaslik oqibatida ish payti ro‘y beradigan halokatlar kam bo‘lsada, uchrab turadi.

Gaz sohasi bo‘yicha mutaxasis, uzoq yillar davomida O‘shdagi gaz idorasida faoliyat ko‘rsatgan Umarxon Umurzoqov gaz quvuriga tushish bilan bog‘liq texnika xavfsizlik qoidalarini birma-bir sanar ekan, keyingi yillarda gazchilar bu qoidalarga amal qilmay qo‘yganlarini aytadi:

Umarxon Umurzoqov bilan suhbat:

XS
SM
MD
LG