Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:01

Toshkent mahallalarida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi


Toshkent shahar rasmiylari yil davomida poytaxtning turar-joy mavzelari va mahallalarida videokuzatuv kameralarini o‘rnatishni rejalamoqda. Bu haqda 15 dekabr kuni o‘tkazilgan brifingda Toshkent shahar hududiy kommunal-ekspluatatsion birlashmasi direktori Ilhom Mahkamov bildirdi, deya xabar qiladi Podrobno.uz yangiliklar agentligi.

Poytaxt hokimining “Toshkent shahridagi ko‘pxonadonli turar-joy mavzelari va mahallalar hududlarini videokuzatuv tizimlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra, yaqin 10 kun ichida maxsus komissiyalar kuzatuv kameralari o‘rnatishga eng muvofiq nuqtalarni aniqlashi lozim.

“Bunda ko‘p qavatli uylarning pod’ezdlari, yo‘laklari va uylarga tutash ko‘chalarda kamera o‘rnatishga alohida e’tibor qaratiladi” degan Ilhom Mahkamov dastlabki bosqichda kuzatuv kameralari Mirobod tumanidagi Chinor mahallasiga o‘rnatib bo‘linganini qo‘shimcha qilgan.

Kuzatuv kameralarini o‘rnatish uchun zarur jihozlar sotib olish va ularni o‘rnatish bo‘yicha barcha ishlar byudjet hisobidan amalga oshirilishi, keyin esa sarflangan pul aholidan yig‘ib olinishi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG