Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:43

Lola "O‘zbeknavo" qanotlarini sindirganini" aytdi


O‘zbek xonandasi Lola sahnadagi faoliyati o‘ta qattiq nazoratga olinganidan redpen.uz saytiga bergan suhbatida taassuf bildirdi. Lolaning aytishicha, uning shaxsiy hayoti kontsertlarining bekor qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

“Hozirda, “shou-biznes” atalmish kemadan tushib qolgan kishi sifatida tashqarida turib nima bo‘layotganini kuzatish imkoniga egaman. Faoliyatim o‘ta qattiq nazoratga olingani juda alam qiladi. Bu qushning qanotlarini sindirib tashlash bilan teng”, degan Lola.

“Yarim-yalang‘och” kiyinib, sahnaga chiqqani uchun jiddiy tanqidga uchragan 29 yashar o‘zbek xonandasi Lolaning litsenziyasi "shartlar buzilgani" uchun muddatidan avval joriy yil yozida to‘xtatilgan edi.

Bu haqda o‘z vaqtida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi saytida rasman bildirilgan.

Vazirlar Mahkamasi 9 dekabrda qabul qilgan “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror, kuzatuvchilar fikricha, O‘zbekistonda shakllanib kelayotgan shou-biznes vakillari ustidan nazoratni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

XS
SM
MD
LG