Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:45

Rossiya mehnat muhojirlari uchun kvotani 22%ga qisqartirdi


Rossiya hukumati 2016 yilda chet mamlakatlardan qabul qiladigan ishchilar sonini 22%ga qisqartirajagi to‘g‘risidagi qaror hukumatning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Federal migratsiya xizmatiga ko‘ra, 2015 yili Rossiyaga qariyb 16 mln. mehnat muhojiri kelgan.

Rossiya Federal migratsiya xizmatining 2015 yil 4 dekabridagi ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunda Rossiya hududida 1 million 880 ming 547 nafar o‘zbekistonlik bor.

2015 yilning o‘tgan 9 oyi ichida Rossiyadan Markaziy Osiyo mamlakatlariga yuborilgan pul jo‘natmalari hajmi 2014 yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobarga kamaygan. Rossiya Markaziy banki ochiqlagan ma’lumotlar ana shundan dalolat beradi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning uchinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 725 million AQSh dollari yuborilgan. 2015 yil birinchi yarmida 1 milliard 149 million dollar kelganini hisobga olsak, o‘tgan 9 oy ichida O‘zbekistonga Rossiyadan 1 milliard 874 million dollar kirib kelgani ma’lum bo‘ladi. Vaholanki, 2014 yilning shu davrida bu summa 4 milliard 592 million dollarni tashkil qilgandi. Demak, O‘zbekistonga Rossiyadan kelayotgan jo‘natmalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan kamida 245 foizga qisqargan.

Bu qisqarish Rossiya iqtisodiyotida kuzatilayotgan bo‘hron tufayli u erda Markaziy Osiyodan, xususan, O‘zbekistondan bo‘lgan mehnat muhojirlari kamayib borayotgani bilan izohlanmoqda.

XS
SM
MD
LG