Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:15

Ukraina bir oydan keyin Qrim bilan savdoni butkul to‘xtatadi


16 dekabr kuni Ukraina Vazirlar Mahkamasi Qrim yarim oroli bilan savdo qilishni butunlay taqiqlash haqida qaror chiqardi.

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning aytishicha, Qrim aholisiga, istisno tariqasida, shaxsiy ashyolar va insonparvarlik yordamlarni olib o‘tishga ruxsat beriladi.

U Ukraina Vazirlar Mahkamasining qarori 30 kun ichida kuchga kirishini ilova qildi.

"Qrim Avtonom Respublikasiga tovar, ish va xizmatlarni cheklash haqidagi eng muhim qarordan boshlamoqchiman. Qrim - Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtincha ishg‘ol etilgan Ukraina hududi", - dedi Yatsenyuk.

"Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Ukrainaning boshqa hududlaridan Qrimga tovar va xizmatlar etkazish va, ayni shaklda, Qrimdan olish taqiqlanadi. Bundan shaxsiy ashyolar, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar va insonparvarlik yordami istisnodir. Elektroenergiya yetkazib berish esa milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarori asosida amalga oshiriladi. Hukumat qarorni xalq e’tiboriga havola qiladi va u 30 kun ichida kuchga kiradi," dedi Arseniy Yatsenyuk.

Noyabr oyi oxirida Ukraina Vazirlar mahkamasi Ukraina va Qrim o‘rtasida yuklarning harakatlanishiga muvaqqat taqiq o‘rnatgan edi.

Bunday taqiq ham temir yo‘llar va ham naqliyot harakatlanishiga taalluqlidir.

Ukraina hukumati bunday taqiqning joriy qilinishiga ikki mamlakat o‘rtasida aloqalarning yomonlashuvi, hamda "jamoatchi faollar (yarim orolni qamalga olganlar) va Qrim hukumati o‘rtasidagi qarama-qarshilik" sabab bo‘lganini aytadi.

Rossiya, o‘z navbatida, 2016 yil 1 yanvaridan boshlab Ukrainadan mahsulotlar importiga taqiq kiritmoqchi.

Kremlning izohlashicha, bunday taqiqning kiritilishiga Ukraina va Evropa Ittifoqi o‘rtasida erkin savdo hududi yaratilayotgani sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG