Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:22

BMT Xavfsizlik kengashi IDga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga oid rezolyutsiya qabul qildi


17 dekabr kuni BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo 15 davlat moliya vazirlari “Islomiy davlat” ekstremistik guruhiga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirishga oid rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi.

Mazkur rezolyutsiya AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 15 dekabrdagi muzokaralaridan keyin ikki davlat mulozimlari tomonidan Moskvada hozirlangan.

Hujjat “Islomiy davlat” jangarilarini moliyalashtirish kanallarini yopishga qaratilgan.

AQSh moliya vaziri Jekob Lyu boshchilik qilayotgan moliya vazirlari kengashining birinchi majlisi payshanba kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kengash Suriya muzeylaridan o‘g‘irlangan qimmatbaho ashyolar savdosining oldini olish, “Islomiy davlat” guruhi va “Al-Qoida”ga aloqador “Jabhatun-Nusra”dan neft sotib olganlik uchun sanksiya joriy etilishidan ogohlantirish hamda jangarilar garovga olgan kishilar uchun tovon puli to‘lashni bas qilishga chaqirish bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilinmish chora-tadbirlar bilan bog‘liq ravishda shu yilning fevral oyida tashkil etilgandi.

Payshanba kuni qabul qilingan rezolyutsiyada jangarilarga qarshi avval qabul qilingan rezolyutsiyalar bajarilmayotgani yuzasidan ham tashvish izhor qilingan.

XS
SM
MD
LG