Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:24

Obama yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazadi


AQSh prezidenti Barak Obama 18 dekabr kuni yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazadi.

Vashington yaqinidagi Kontrterror milliy markaziga tashrifdan so‘ng kecha jurnalistlar oldida chiqish qilgan Obama AQSh hududida o‘tkazilishi rejalanayotgan terror xurujlari haqida ma’lumotlar yo‘qligini bildirdi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest juma kungi matbuot anjumanidan keyin prezident Obama San-Bernardinoga yo‘l olishi, u yerda 2 dekabr kungi terroristik hujumda qurbon bo‘lganlarning yaqinlari bilan uchrashishini ma’lum qildi.

Mazkur hujumda Said Faruq va uning xotini Tashfin Malik ayblangan va ularning ikkisi ham politsiya bilan otishma chog‘ida o‘ldirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, payshanba kuni Faruqning do‘sti Enrike Markes ismli shaxs hibsga olingan. U boshqa hujumlarni tayyorlaganlikda ayblanmoqda.

XS
SM
MD
LG