Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:34

Qozog‘iston va YeI aloqalarni yaqinlashtirish bitimini imzoladi


Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi aloqalarni yaqinlashtirish bitimini imzoladi.

Bitimga Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Erlan Idrisov va Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo‘yicha mutasaddisi Federika Mogerini 21 dekabr kuni Ostonada qo‘l qo‘ydi.

Ostona va Bryussel bitimga erishishga qaratilgan to‘rt yillik muzokaralarni o‘tgan yili yakunlagan edi. YeI Markaziy Osiyoda iqtisodi eng yirik bo‘lgan Qozog‘iston bilan hamkorlikni kuchaytirish istagini bildirib keladi.

Bitimda tomonlar 29 sohada hamkorlikni yaqinlashtirishi nazarda tutilgan. Ular orasida hududiy xavfsizlik, qurolsizlanish va savdo-iqtisodiy aloqalar ham bor.

Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni yaqinlashtirish bitimini imzoladi.

XS
SM
MD
LG