Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:29

Ukraina Rossiyaga 3 milliard dollar qarzini to‘lamadi


Rossiya Moliya vazirligi 21 dekabr kuni Ukraina Rossiyadan bo‘lgan 3 milliard dollar qarzini to‘lamaganini ma’lum qildi.

Vazirlikning bildirishicha, “Ukrainaning o‘z qarzini to‘lashdan bosh tortishi, Rossiya prezidentining qarz borasida muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha 2015 yil noyabrida kiritgan taklifi inobatga olinmaganini anglatadi”.

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 18 dekabr kuni Rossiyadan bo‘lgan qarzlarni to‘lashga moratoriy kiritish haqida bayonot bergan edi. Bu esa Ukraina defolt holatida ekanini ko‘rsatadi.

Avvalroq Moskva, agar Kiev qarzlarini to‘lamasa, xalqaro xo‘jalik sudiga murojaat qilishini bildirgan edi. Ukrainaning Rossiyadan bo‘lgan qarzlarini to‘lash muddati 20 dekabrda yakunlangan. Biroq Ukraina defolt e’lon qilinishidan oldin Rossiyadan bo‘lgan qarzlarini to‘lash masalasida 10 kunlik imtiyozga ega.

21 dekabr kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi-Rossiya-Ukraina muzokaralari ham samarasiz yakunlangani ma’lum qilindi.

Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev Bryusselda o‘tgan brifingda Ukraina va Yevropa Ittifoqi Moskva manfaatlarini hisobga olishni istamagani uchun, Rossiya 1 yanvardan Ukraina bilan Erkin savdo hududi rejimini bekor qilgani hamida oziq-ovqat embargosini joriy etgani haqida bayonot bergan.

XS
SM
MD
LG