Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:33

Qirg‘izistonda ekstremistlikda gumonlangan o‘zbekistonliklar hibs qilindi


Payshanba kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat diniy-ekstremistik guruh qo‘lga olingani xabar qilindi.

O‘sh viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jenish Ashurbayevning Ozodlikka ma’lum qilishicha, guruh O‘zbekistonning ikki, Qirg‘izistonning to‘rt nafar fuqarosidan iborat bo‘lgan.

Guruh a’zolari 22 dekabrь kuni O‘sh shahri yaqinidagi Qashqarqishloq qishlog‘ida 37 yashar Yunusjon Abdujalilovni otib o‘ldirganlikda gumonlanmoqda. Voqea joyidan 12 dona o‘q topilgan. O‘q egan Yunusjon Abdujalilov kasalxonaga etgandan so‘ng joni uzilgan. Marhumning tanasiga 9ta o‘q tekkani aniqlangan.

Bundan tashqari qo‘lga olinganlar 18 dekabrь kuni Qorasuv shahridagi xonadonlardan biriga bostirib kirib, 1978 yilda tug‘ilgan T.U.,ismli shaxsni qattiq kaltaklaganlikda ham gumonlanmoqda.

Jenish Ashurbaevga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar Jaloloboddan O‘sh shahriga olib kelingan va so‘roq qilinmoqda. Militsiya rasmiysi, ular Yunusjon Abdujalilovni nima maqsadda o‘ldirgani va qanday o‘ldirgani to‘g‘risida so‘roq berishayotganini aytdi.

Ichki ishlar rasmiylari guruh a’zolarining ismlarini to‘liq ochiqlamayapti. Ozodlik radiosining aniqlashicha, qo‘lga olingan o‘zbekistonliklardan biri 1985 yilda tug‘ilgan N.U., bo‘lib, u Samarqand viloyatida yashagan. Qo‘lga olingan ikkinchi o‘zbekistonlik A.A,, bo‘lib, u 1993 yilda tug‘ilgan va Toshkent viloyatida yashagan.

O‘zbekistonlik yigitlarning Qirg‘izistonga qachon va nima maqsadda kelgani ham tergov jarayonida aniqlanadi.

Militsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilarni qo‘lga olish chog‘ida, ularning yonidan 9 millimetr kalibrdagi Makarov pistoleti, 9 millimetr kalibrdagi yuzta o‘q, “Nagan” rusumidagi revolьver va boshqa qurollar, niqob, DVD disk hamda flesh kartalar topilgan.

Jenish Ashurbaevning aytishicha, amaliyot paytida gumonlanuvchilar yashagan joydan topilgan dalillar Qirg‘izistonda taqiqlangan diniy oqimlarga tegishli ekani aniqlanib, ekspertizaga yuborilgan. Militsiya rasmiysi ekspertizadan so‘ng qo‘lga olinganlar qaysi taqiqlangan diniy guruhga mansub ekani ochiqlanishini bildirdi.

XS
SM
MD
LG