Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:12

Ravshan Ermatov jahonning eng yaxshi futbol arbitri deb e’lon qilindi


O‘zbekistonlik futbol referisi Ravshan Ermatov futbol assosiatsiyalarining Birlashgan Arab amirliklarida o‘tgan anjumanida yilning eng yaxshi arbitri sifatida Globe Soccer Awards mukofoti bilan taqdirlandi.

Yevropa klublari assosiatsiyasining mazkur mukofotiga 38 yoshli Ravshan Ermatovdan tashqari Jyuneyt Chakir, Vilmar Roldan, Xoel Agilyar, Bakari Papa Gassama va Norbert Xauata nomzodlari ham ko‘rsatilgan edi.

Dubayda 27 dekabr kuni o‘tgan mukofotni topshirish marosimida mukofot sovrindori sifatida Ravshan Ermatovning nomi e’lon qilindi

Marosimda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti “Barselona” klubi o‘yinchisi Lionel Messiga topshirildi. “Barselona” klubi esa yilning eng yaxshi komandasi, deb e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG