Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:09

Bosh prokuratura Toshkentda xususiylashtirilgan kvartiralarni tekshirmoqda


Toshkentda so‘nggi 15 yil davomida xususiylashtirilgan kvartira va umumiy yotoqxonalar prokuratura tomonidan tekshirilmoqda. Podrobno.uz nashri O‘zbekiston bosh prokuraturasidagi manbaga tayanib, berayotgan xabarga ko‘ra, o‘ndan ortiq maxsus guruh kunu-tun turar joylarni xususiylashtirish jarayoni qanchalik qonuniy bo‘lganini tekshirmoqda.

“Hozirda o‘ndan oshiq ishchi guruh ishlamoqda. Chunki ish hajmi juda katta, bo‘lmasa ulgurmaymiz. Hatto viloyatlardan ham yordamga xodimlarni jo‘natishgan”, deya iqtibos keltirmoqda nashr prokuratura xodimi so‘zlaridan.

Bosh prokuratura oldida noqonuniy xususiylashtirish holatlarini aniqlash vazifasi qo‘yilgan, hozircha mulk egalari chaqirtirilib, suhbatdan o‘tkazilmoqda.

Ko‘chmas mulk noqonuniy tarzda xususiylashtirilgani aniqlanadigan holda mulkdorlar davlatga keltirilgan zararni bozor narxida to‘lashi yoxud mulkni qaytarib berishi lozim bo‘ladi.

Qayd etilishicha, tekshiruvlar asosan hokimiyat xodimlariga taalluqli bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG