Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:55

Samarqand Darvoza: Portlash haqida mish-mish tarqatganlar qidirilmoqda


O‘zbekiston poytaxtidagi Samarqand Darvoza savdo markazi oldida portlash bo‘lgani to‘g‘risidagi xabar yolg‘on ekani, mish-mishni tarqatganlar qidirilayotgani to‘g‘risida tilga olingan markaz ma’muriyati vakiliga tayanib, mahalliy nashrlar xabar qildi.

“Hozir ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, Telegram kanallarida Samarqand Darvozaga hujum qilingani to‘g‘risida bo‘hton tarqatilmoqda. Bu yolg‘on! Aybdorlarni izlash boshlab yuborilgan va ular respublikamiz qonunlariga binoan qattiq jazolanadi”, degan Samarqand Darvoza savdo markazi ma’muriyati vakili.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand Darvoza savdo markazi oldida go‘yoki avtomashina portlagani, qurbonlar borligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan va unga surat ham ilova qilingan edi.

Podrobno.uz saytiga ko‘ra, suratda aynan shu markaz oldida 2014 yil 29 noyabrida sodir bo‘lgan voqea aks etgan bo‘lib, o‘shanda “Jiguli” avtomashinasi yonib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG