Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:44

O‘zbekistonda yangi yildan mobil aloqa xizmatlari qimmatlaydi


2015 yilning 1 yanvaridan boshlab abonent nomerlaridan foydalanganlik uchun mobil aloqa kompaniyalari oladigan haq ikki barobarga ortishi mamlakat prezidenti qarorida belgilab qo‘yildi.

Bu haqda xabar qilgan norma.uzga ko‘ra, natijada mobil aloqa xizmatlari abonentlar uchun 6,3 foizga ortadi.

Abonent nomeridan foydalanganlik uchun har oyda olinadigan haq hozirgi 750 so‘mdan 1500 so‘mga ko‘tariladi.

Aytilishicha, abonent nomeri uchun olinadigan haqning 80 foizi davlat byudjetiga, qolgani Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisobiga tushadi.

1 yanvardan boshlab 1 abonent uchun mobil aloqa xizmatining o‘rtacha narxi hozirgi 11 757 so‘mdan 12 507 so‘mga, ya’ni 6,3 foizga ko‘tariladi.

XS
SM
MD
LG