Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:01

O‘zbekistonda jamoat joylarida aroq ichganlar 15 sutkaga qamalishi mumkin


30 dekabrdan boshlab O‘zbekistonda jamoat joylarida alkogolli ichimliklar iste’moli uchun solinadigan jarima miqdori oshirildi.

Ish joylari, ko‘cha, stadion, xiyobon, parklarda, barcha turdagi jamoat transportida hamda boshqa jamoat joylarida spirtli ichimlik ichganlarga eng kam ish haqining yarmi miqdorida – 65120 so‘m jarima solinadi.

Bu haqda xabar qilgan gazeta.uzga ko‘ra, agar bu tartibbuzarlik jarima solinganidan so‘ng bir yil davomida takrorlansa, eng kam ish haqining 2 dan 1 idan 2 miqdorigacha jarima solinadi yoki 15 sutkagacha ma’muriy hibs bilan jazolanadi.

Alkogolli ichimlik ichishga to‘y va yubiley tadbirlarida hamda spirtli ichimliklarni quyib sotishga ruxsati bor savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarida ruxsat beriladi.

XS
SM
MD
LG