Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:00

Tehronda g‘azabnok olomon Saudiya Arabistoni elchixonasiga o‘t qo‘ydi


Saudiya Arabistonida taniqli shia imomi Nimr Bakr an-Nimrning qatl etilishiga qarshi chiqayotgan namoyishchilar yakshanba kuniga o‘tar kechasi Tehronda Saudiya Arabistoni elchixonasi hududiga bostirib kirgan.

Guvohlarga ko‘ra, g‘azabnoq olomon diplomatik muassasaning bir nechta xonasini yoqib yuborgan.

Politsiya namoyishchilarni elchixona binosidan tashqariga haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, ayni damda politsiya diplomatik mavzedagi vaziyatni nazorat ostiga olgan.

Shanba kuni Saudiya Arabistonida terrorchilik faoliyatida ayblangan Nimr Bakr an-Nimr va yana 46 odam qatl etilgan edi.

XS
SM
MD
LG