Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:29

Ravshan Ermatov "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi


O‘zbekistonlik futbol arbitri Ravshan Ermatov prezident Farmoniga asosan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni va Malibu avtomashinasi bilan mukofotlandi.

Ravshan Ermatovga mukofotni bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda 2 yanvar kuni O‘zbekistondagi mahalliy nashrlar xabar berdi.

Ravshan Ermatov 2015 yilning 27 dekabrida jahon futbol assosiatsiyalarining Birlashgan Arab amirliklarida o‘tgan anjumanida yilning eng yaxshi arbitri sifatida Globe Soccer Awards mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Ravshan Ermatov bundan avval “O‘zbekiston iftixori” unvoni va “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

XS
SM
MD
LG