Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:16

Qirg‘iz qazisini otning olatiga o‘xshatgan britaniyalik Qirg‘izistondan deportatsiya qilinadi


Qirg‘izistonning Qorako‘l shahar sudi Qumtor oltin konida ishlagan Britaniya fuqarosi Maykl Makfitni mamlakatda deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Sudya Madamin Azimjonovning Ozodlik qirg‘iz xizmatiga ma’lum qilishicha, chiqarilgan qarorga muvofiq Makfit bugunoq Qirg‘izistonning tark etishi kerak.

Eslatamiz, Kanadaning Centerra Gold shirkatiga qarashli oltin konida ishlagan britaniyalik Maykl Makfit o‘z Feysbuk sahifasida qirg‘izlarning milliy taomi hisoblangan chuchukni otning jinsiy a’zosiga o‘xshatgani uchun Qorako‘l shahrida hibsga olingan edi. Qirg‘iziston rasmiylari uning 3 yanvar kuni so‘roq uchun ushlanganini bildirishdi.

Bishkek rasmiylariga ko‘ra, britaniyalik o‘zining Feysbuk sahifasida Centerra Gold shirkati uyushtirgan Yangi yil bazmidan olingan rasmlarni joylashtirgan va izoh sifatida qazini otning jinsiy a’zosiga o‘xshatgan.

Iddao qilinishicha, Makfit qirg‘izistonlik ishchilar o‘zlarining milliy taomi hisoblangan chuchuk tarqatilayotgan paytda navbatga turishgani haqida yozib, ular “maxsus delikateslari – otning olatini” yeyishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, degan fikrlarni bayon qilgan.

Ot go‘shti va ichagidan tayyorlanadigan qazini qirg‘izlar chuchuk, deb atashadi.

Makfitning fikrlari 2 yanvarь kuni Qumtor oltin konida qirg‘iz ishchilarining ish tashlashlariga sabab bo‘ldi. Ular Qirg‘iziston xalqi an’analariga hrumat bildirilishi hamda shirkat rahbariyati tarafidan uzr so‘ralishini talab qilishdi.

Makfit keyinchalik Feysbuk sahifasi orqali o‘z harakati uchun uzr so‘radi.

Qumtor koni shundoq ham bir necha yildan beri Qirg‘iziston hukumati va Kanadaning Centerra Gold shikrati o‘rtasida tortishuvlarga sabab bo‘lib keladi.

Maykl Makfit 3 yanvar kuni Bishkekning “Manas” xalqaro aeroportida hibsga olinib, Qorako‘lga keltirildi.

XS
SM
MD
LG