Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:32

Eron ballistik raketalar saqlanadigan bunkerni namoyish etdi


Seshanba kuni Eron avval oshkor qilinmagan ballistik raketalar saqlanadigan yana bir bunkerni telekanallar orqali namoyish etdi.

Telekanallarda 5 yanvar kuni namoyish etilgan tasvirlarda mazkur bunker parlament raisi Ali Larjoniyga ko‘rsatilayotgani aks etgan.

Tehron Imad raketalari saqlanadigan bunkerlardan birini birinchi marta o‘tgan yilning oktyabr oyida telekanallar orqali namoyish etgan edi. Oktyabr oyida Imad ballistik raketalari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani ham xabar qilingandi. O‘shanda BMT ekspertlariTehron BMT Xavfsizlik kengashining Eronga ballistik raketlar ishlab chiqarishga qo‘yilgan taqiqini buzgani haqida tashvish bildirgan.

AQSh prezidenti Barak Obama ma’muriyati esa 5 yanvar kuni “Eron ballistik raketalarn yuzasidan Tehronga nisbatan sanksiyalarni joriy etishga tayyor ekani”ni ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG