Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:11

Obama: AQSh Janubiy Koreya va Yaponiya mudofaasini ta’minlash majburiyatiga sodiq qoladi


AQSh Prezidenti Barak Obama Amerika Janubiy Koreya va Yaponiya mudofaasini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlariga sodiq qolishini ta’kidlab, vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganini aytayotgan Shimoliy Koreyaga nisbatan choralar ko‘rishni va’da qildi.

Janubiy Koreya Prezidenti Pak Gin Xe va Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe bilan telefon suhbatida Obama “Shimoliy Koreyaning mas’uliyatsiz xatti-harakatlariga javoban ittifoqchilar yagona va qat’iy xalqaro choralarning ko‘rilishi borasida birgalikda ish olib borishlari lozim”, deya ta’kidladi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham Janubiy Koreya va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari bilan bu xususda telefon orqali so‘zlashdi.

2013 yilda Shimoliy Koreya yadroviy sinov o‘tkazishi ortidan Vashington ogohlantiruv ramzi o‘laroq Janubiy Koreyaga atom bombasini tashuvchi stels rusumidagi V-2 strategik bombardimonchi uchog‘ini jo‘natgan edi. Bunga javoban Shimoliy Koreya Qo‘shma Shtatlarga yadroviy hujum uyushtirish bilan tahdid qilgan edi.

Qo‘shma Shtatlar 1991 yilda Janubiy Koreyadan taktik yadvroviy raketalarni olib chiqqan va bu moslamalarni qaytarishi ehtimoldan juda yiroq ekani aytiladi.

Shimoliy Koreya 6 yanvar kuni termo-yadroviy sinov o‘tkazganini e’lon qildi

XS
SM
MD
LG