Neftning jahon bahosi payshanba kuni 32 dollarga tushdi. Neftning kesin arzonlashiga Xitoy fond birjasida narxning tushib ketishi va AQSh neft zahirasining ko‘payib borayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
7 yanvar kuni Xitoy fond birjasida qimmatbaho qog‘ozlar qiymati 7 foizga arzonladi va buning ortidan Xitoy fond birjasi savdo-sotiqni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Xitoy iqtisodiyotida yuzaga kelgan mazkur vaziyat oqibatida Brent rusumidagi neftning bir barreli birjalarda 7 yanvar kuni 32 dollar 26 tsentdan baholandi.
Tahlilchilar keyingi o‘n kun davomida neft narxi 30 dollarga tushishi mumkinligini bashorat qilmoqda.