Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:02

Liviyadagi portlashda halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetdi


Liviya g‘arbidagi Zlitan shahridagi portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetdi.

7 yanvar kuni Zlitanda politsiyachilar mashg‘ulot o‘tkazuvchi markaz oldida minalashtirilgan yuk mashinasi portlatib yuborilgani xabar qilingan edi.Portash uchun mas’uliyatni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olgan emas.

Mazkur portlash Liviya rahbari Muammar Kaddafi hokimiyatdan ag‘darilgan 2011 yildan beri sodir etilgan eng qonli terror harakati bo‘ldi. 2011 yildan beri mamlakatdagi vaziyat beqaror bo‘lib qolmoqda. Bundan foydalangan “Islomiy davlat” guruhi jangarilari Liviyaning Sirt shahrini egallab olgan va muntazam ravishda neft konlari joylashgan hududlarga hujumlarni uyushtirmoqda.

G‘arb Liviyada hokimiyat talashib urishayotgan tomonlarni yagona front bo‘lib “Islomiy davlat” guruhiga qarshi birlashtirish harakatini ko‘rib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG