Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:27

Nemis rasmiylari: Ayollarga tajovuz qilganlarning 18 nafari qochqin


Yangi yil oqshomida Germaniyaning Kyoln shahrida ayollarga tajovuz qilganlikda ayblanib ushlanganlardan 18 nafari boshpana izlovchi shaxslar ekani aniqlandi.

Bu haqda xabar qilgan Germaniya Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Tobias Pleytga ko‘ra, ayollarga tajovuzda ayblanib ushlanganlardan 32 nafarining ismi-sharifi aniqlangan va ulardan 18 nafari boshpana so‘rab ariza bergan shaxslardir.

Pleytning aytishicha, ayollarga tajovuzlarning aksarida tunash va tan jarohati yetkazish holatlari bo‘lgan. Hibsga olinganlardan uch nafari jinsiy zo‘rlashda ayblanayapti.

Yangi yil arafasida Kyolnning markaziy temir yo‘l vokzali hududida mast va bezorilar guruhi ayollarga hujum qilgan va ularni tunagan.

Hamburg va Shtutgart politsiyasi ham ayollar xuddi shunday hujumlarga uchragani haqida xabar qildi.

Hozirga qadar huquq-tartibot idoralariga tajovuzga uchraganlardan saksondan ziyod ariza tushgan.

Ayollarga tajovuzga qarshi Germaniya bo‘ylab bir qancha norozilik namoyishlari o‘tkazildi.

XS
SM
MD
LG