Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:04

Filadelfiyada politsiyachiga hujum qilgan shaxs ID tarafdori ekanini tan oldi


AQShning Filadelfiya shahrida politsiya xodimiga o‘q otar qurol bilan hujum qilgan shaxs so‘roq payti “Islomiy davlat“ ekstremist guruhi g‘oyasi tarafdori ekanini tan olgan.

Bu haqda Filadelfiya politsiyasi boshlig‘i Richard Ross jurnalistlarga ma’lum qildi.

Politsiya hujumchining ismini ochiqlamayapti. 30 yoshli ekani aytilayotgan jinoyatchi payshanba kuni Filadelfiya shahrida mashina rulida o‘tirgan politsiya xodimi Djessi Xarnettga qarata 13 marta o‘q uzadi.

Uchta o‘q politsiyachining qo‘liga tegadi. Xarnett hujumchiga javob o‘qini uzib, uni yaralaydi.

Filadelfiya politsiyasiga ko‘ra, jinoyatchi bir necha yil avval amerikalik politsiyachining uyidan o‘g‘irlangan qurol bilan hujum qilgan.

Politsiya xodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

XS
SM
MD
LG