Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:30

Rossiya samolyotlari Suriyada "Jabhatan Nusra" qamoqxonasini nishonga oldi


Suriyadagi faollar Rossiya havo kuchlari "Al-Qoyda" terror guruhining Suriyadagi qanoti - "Jabhatan Nusra"ga tegishli ko‘rilgan qamoqxonaga qilgan hujumlarda 60ga yaqin odam o‘lganini xabar qilmoqda.

9 yanvar kuni havodan nishonga olingan bu bino mahalliy xalq orasida mashhur bo‘lgan "Maarat ag-Numon" bozor yaqinida joylashgan edi.

Suriyalik huquq faollari bergan ma’lumotga ko‘ra, qurbon bo‘lgan 57 kishi orasida tinch aholi vakillari, harbiylar va qamoqxonadagi mahbuslar bo‘lgan. Bundan tashqari, yana 30 odam jarohatlangan.

Rossiya o‘tgan yilning 30 sentabridan buyon Suriyada havo hujumlarini amalga oshirmoqda va bu hujumlarda, asosan, prezident Bashar Assad muxoliflari nishonga olinayotgani aytilmoqda.

Bundan besh yil muqaddam hukumatga qarshi boshlangan namoyishlardan fuqarolik urushiga aylangan bu qurolli nizolar davomida 250 mingdan ziyod odam o‘ldirildi.

XS
SM
MD
LG