Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:28

Yatsenyuk YeIdan sotib olinayotgan gaz Rossiyanikidan arzon ekanini bildirdi


Ukraina Yevropa Ittifoqidan sotib olinayotgan gaz haqi Rossiya gazinikidan arzon bo‘lgani uchun ham Rossiyadan “zangori olov” sotib olishni to‘xtatdi.

Bu haqda Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 10 yanvar kuni mamlakat telekanallaridan birida qilgan chiqishi chog‘ida bildirdi.

Yatsenyukning aytishicha, Rossiya 1 yanvar kuni Ukrainaga har ming kub kubometr gaz uchun 212 dollardan haq to‘lanishi shartligi to‘g‘risida hujjat jo‘natgan. Ukraina Bosh vaziri ayni paytda Kiev Yevropa Ittifoqidan gazni 200 dollardan sotib olayotganini aytdi.

Yatsenyuk, shuningdek, Ukraina yetarli darajadagi gazni zahira qilib olganini ham ta’kidladi. Unga ko‘ra, bugungi kunda Ukraina 13 milliard kubometr gaz zahirasiga ega va bu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga qaraganda 2,5 milliard kubometrga ko‘pdir.

XS
SM
MD
LG