Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:44

O‘zbekistonda yangi yo‘l qoidalari 1 martdan amal qila boshlaydi


O‘zbekistonda joriy yilning 1 martidan boshlab yangi yo‘l harakati qoidalari amal qila boshlaydi.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, yangi qoidalarda fuqarolik majburiyatini sug‘urta qildirmagan haydovchilarga avtomobil boshqarish taqiqlanadi. Har bir haydovchi majburiy sug‘urtadan o‘tishi shart bo‘ladi.

Shuningdek, yangi qoidalarda “militsiya” atamasi “Ichki ishlar organi”, degan atamaga o‘zgartirilgan. Bundan tashqari avtomashinalarning old qismiga tele va video monitorlarni o‘rnatish, ularni tomosha qilish, avtomashina boshqarayotgan paytda haydovchilarga telefon orqali gaplashish ham taqiqlangan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, mototsikl va moped haydovchilar kunduz kuni ham chiroqlarni yoqib yurishi lozim bo‘ladi.

O‘zbekistonda amaldagi yo‘l qoidalari 2001 yilda joriy etilgan edi.

XS
SM
MD
LG