Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:34

Islomobodda Tolibon bilan Afg‘oniston o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash mexanizmlari borasida muzokara qilinmoqda


Bugun Islomobodda Pokiston, Afg‘oniston, AQSh va Xitoy diplomatlari Tolibon harakati va Kobul hukumati o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash rejalarini ishlab chiqishga doir so‘zlashuvlarni boshladi.

11 yanvar kuni Pokiston poytaxtida boshlangan yig‘inda Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Karzay, Pokiston Tashqi ishlar kotibi Ayzaz Chaudhuri, hamda AQSh va Xitoy diplomatik idoralaridan mulozimlar ishtirok etmoqda.

Bugungi uchrashuvga Tolibon vakillari taklif etilgani yo‘q. Yig‘inni ochib bergan Pokiston Bosh vazirining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sartoj Aziz asosiy maqsad Tolibonni muzokaralar stoliga o‘tirib, zo‘ravonliklardan voz kechishga ko‘ndirishdir, deya bayon qildi.

Afg‘oniston hukumatining Bosh ijroiya raisi Abdullo Abdulloning matbuot vakili Javad Faysal 10 yanvar kuni uchrashuv kun tartibi markazida Kobul bilan Tolibon o‘rtasida bevosita muzokaralarga doir “mexanizm” ishlab chiqish masalasi turibdi, deya bayon qildi. Faysalning bildirishicha, Pokiston tomoni 14 yillik qurolli qarama-qarshilikka chek qo‘yish borasida Afg‘oniston hukumati bilan muzokara o‘tkazishga xayrixoh Tolibon vakillari ro‘yxatini taqdim etishga tayyorligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG