Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:51

Suriya sharqida "Islomiy davlat" jangarilari 400 nafar odamni asir oldi


Monitor guruhi 17 yanvarda tarqatgan xabarga ko‘ra, “Islomiy davlat” ekstremist guruhi jangarilari Suriya sharqida yangi hudud ishg‘ol etilishi ortidan kamida 400 odamni, jumladan ayollar va bolalarni o‘g‘irlab ketgan.

Suriya Inson Huquqlari Observatoriyasining ma’lum qilishicha, 16 yanvarda jangarilar odamlarni hukumat nazoratidagi al-Bag‘aliya qishlog‘ida asir olganlar.

Al-Bag‘aliya qishlog‘i Dayr az-Zur shahri yaqinida joylashgan.

Observatoriya rahbari Rami Abdul Rahmonning aytishicha, o‘g‘irlab ketilganlar orasida hukumat tarafida bo‘lgan jangchilarning oila a’zolari ham bor.

"Biz 400 nafar odam rejim bilan hamkorlik qilgani uchun yo qatl etiladi yoki qullikka sotiladi, deb qo‘rqamiz," – dedi Rahmon Di-pi-Ey yangiliklar agentligiga.

Suriya davlat agentligi SANAning ma’lum qilishicha, Dayr az-Zur shahriga qilingan hujumda 300 chog‘li odam “Islomiy davlat” jangarilari tomonidan o‘ldirilgan.

SANA xabariga ko‘ra, 16 yanvar kuni o‘ldirilganlarning aksari keksalar, ayollar va bolalardir.

Muxolifat faollari qurbonlarning ko‘pi Suriya hukumati askarlari va ularning oila a’zolari bo‘lganini aytadi.

“Islomiy davlat” jangarilari Dayr az-Zur shahrining aksar hududlarini nazorat qiladi.

XS
SM
MD
LG