Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:37

The Telegraph: Rossiya Yevropadagi partiyalarni noqonuniy moliyalashda ayblanmoqda


AQSh maxsus xizmatlari Kreml agentlarining Yevropadagi siyosiy partiyalarga ta’sir ko‘rsatayotgani haqidagi ehtimollarini o‘rganadi.

Britaniyaning The Telegraph gazetasi xabariga ko‘ra, AQSh Kongressi milliy razvedka direktori Jeyms Klapperga oxirgi o‘n yil ichida Rossiya tomonidan Yevropa partiyalarining noqonuniy moliyalanishi holatlarini aniqlashni buyurgan.

Vashington Rossiyaning Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan NATO faoliyatini izdan chiqarish, raketalarga qarshi mudofaa tizimiga izn bermaslik va Moskvaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanksiyalarni bekor qilishga qaratilgan harakatlaridan xavotirga tushgan, deb yozadi The Telegraph.

Gazetaga ko‘ra, ismi oshkor etilmagan Britaniya hukumatining vakili Yevropaning yangi sovuq urushga ro‘baro‘ bo‘lishidan xavotir izhor etgan.

Maqolada shuningdek Rossiya josuslari Fransiya, Niderlandiya, Vengriya, Avstriya va Chexiyada keng ko‘lamli faoliyat olib borayotgani ta’kidlanadi.

XS
SM
MD
LG