Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:50

Bag‘dodda yo‘qolib qolgan amerikaliklar qidirilayapti


AQSh va Iroq rasmiylari Bag‘dodda yo‘qolib qolgan uch amerikalikning izini topishga urinmoqda.

“Biz bu odamlarni topish uchun Iroq rasmiylari bilan tig‘iz hamkorlikda ishlayapmiz”, dedi AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi.

Al-Arabiya telekanali, o‘z manbalariga tayangan holda, bu noxush hodisa Bag‘dod janubida sodir bo‘lganini xabar qildi.

Frans press agentligiga ismi oshkor etilmasligi bilan so‘zlagan Iroq politsiyasi polkovnigi unda amerikaliklar va iroqlik tarjimon harbiy kiyimdagi odamlar tomonidan o‘g‘irlab ketilganiga oid ma’lumotlar borligini aytgan.

XS
SM
MD
LG