Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:37

Eron va BAA tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi Twitter jangi


Gulnoz Isfandiyoriy

Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi diplomatik janjal Twitterga ham ko‘chdi. Ar-Riyodning yaqin ittifoqchisi bo‘lmish Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) tashqi ishlar vaziri eronlik hamkasbining The New York Times gazetasida chop etilgan maqolasini masxaralashi ikki diplomat o‘rtasida so‘z jangini keltirib chiqardi.

10 yanvar kuni chop etilgan maqolada Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Saudiya Arabistonini ekstremistlarni moliyalashtirish va mazhablar o‘rtasida nafrat uyg‘otishda aybladi. Zarif o‘z maqolasida Saudiya qirolligidagi inson huquqlari ahvolini va 47 mahbusning, jumladan, nufuzli shia ulamosi Nimr an-Nimrning qatl etilishini qoraladi. Aynan an-Nimrning qatl etilishi Eronda Saudiya Arabistoni elchixonasi va konsulligiga qilingan hujumlarga va undan keyingi janjalga sabab bo‘ldi.

Twitterda 2,58 million folloveri bo‘lgan BAA Tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zayid al-Nahyan hamkasbi Zarifning fikrlariga istehzoli tvit bilan javob berib, Eronning o‘zida ham inson huquqlari oliy supaga chiqarilmaganini eslatdi.

“Eron tashqi ishlar vazirining The New York Timesdagi maqolasini o‘qib, uni Skandinaviya mamlakatlaridan birining tashqi ishlar vaziri yozibdimikin, deb o‘ylabman”, deya piching qildi Nahyan arab tilidagi fikrlariga smaylik bilan xulosa yasab


Zarif ham gapdan qolmadi Twitterdagi 363 ming obunachisiga yo‘llagan tvit bilan javob qaytardi bo‘lgan. Zarif hamkasbining ismini tilga olmagan bo‘lsa-da, kimga hujum qilgani aniqdir.

“Diplomatiya takubbur yangi boylar uchun emas, ko‘pni ko‘rgan kishilar hunaridir”, deb yozdi Zarif 13 yanvar kuni.

Bir necha soat o‘tib Nahyan Zarifga zaharxandalik bilan xalqaro diplomatiyaning asosiy prinsiplarini eslatdi.

“Elchixona yoki konsulliklarga olov qo‘yma, ularni egallab olma yoki talon-toroj qilma. Diplomatlarni garovga olma”, deb yozdi Nahyan ingliz tilida. Vazir tviti oxiriga #DiploMaturity101 heshtegini ilova qildi. (AQSh ta’lim tizimida boshlang‘ich kurslar uchun mo‘ljallangan sodda darslarga 101 nomeri beriladi. – tahr.)

Namoyishchilar Tehronda Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujum qilishi ortidan Saudiya Arabistoni va bu mamlakatning bir necha yaqin ittifoqchisi Tehron bilan aloqasini butunlay uzdi yoki chekladi.

Zarif va eronlik boshqa rasmiylar hujumlarni qoralab, aybdorlar jazolanishini va’da qilishdi. Xabarlarga ko‘ra, bu hodisa ortidan Eron xavfsizlik idorasi rasmiysi ishdan bo‘shatilgan.

Ko‘p sonli eronlik mehnat muhojirlari va tadbirkorlar yashaydigan BAA Erondagi hujumlar sabab bu mamlakat bilan aloqalarni chekladi.

XS
SM
MD
LG