Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:04

AQShda O‘zbekistonni "o‘ta xavfli davlatlar" sirasiga kiritish taklif qilindi


AQSh konrgessiga O‘zbekistonni "o‘ta xavfli davlatlar" ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi taklif qilindi.

"Izvestiya" gazetasining xabar qilishicha, ro‘yxatdagi davlatlar fuqarolarning viza uchun topshirgan arizasi eng kamida 30 kun ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu davlatdan borgan qochqinlar ustidan ham alohida tartibda nazorat o‘rnatiladi.

Bu ro‘yxatda O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va yana 30ga yaqin Arab hamda Afrika davlatlari bor.

Hozircha "Xavfsizlik akti" deb nomlanayotgan bu hujjat Kentukki shtati senatori, respublikachilardan prezidentlikka nomzod Rend Pol tomonidan ishlab chiqilgan.

XS
SM
MD
LG