Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:10

Moldova hukumati yarim tunga yaqin qasamyodga keltirildi


Moldovada payshanbaga o‘tar kechasi Pavel Filip rahbarligidagi yangi hukumat qasamyodga keltirildi. Bu haqda Moldova prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Chorshanba kuni hukmron Demokratik partiyaga mansub Filip nomzodining bosh vazirlikka tasdiqlanishi muxolifatning noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Minglab odamlar hukumat uyi oldida norozilik miting o‘tkazgan va parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazilishini talab qilgan. Namoyishchilarning bir qismi politsiya kordonini yorib o‘tib, hukumat uyiga bostirib kirgan. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya norozilarni binodan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Xabarlarga qaraganda politsiya va norozilar to‘qnashuvida 15 kishi jarohatlangan. Ulardan 9 nafari politsiyachi, 6 nafari namoyshchidir.

Pavel Filip so‘nggi bir yil ichida Moldova hukumati rahbarligiga kelgan uchinchi bosh vazir bo‘ldi. Moldova hukumati o‘tgan yilning oktyabr oyida korrupsiya bilan bog‘liq janjal tufayli iste’fo berganidan so‘ng mamlakatda siyosiy inqiroz boshlangan edi.

Norozilar avvalgi hukumatlar kabi uch hukumron partiya vakillaridan iborat yangi hukumat korrupsiyaga barham bera olmaydi, deb hisoblamoqdalar.

XS
SM
MD
LG