Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:47

Simferopol sudi Mustafo Jamilevni sirtdan qamoqqa oldi


Simferopol sudi qrim tatarlari lideri¸ Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga nisbatan blokada tashkilotchilaridan biri Mustafo Jamilevni sirtdan qamoqqa oldi va federal qidiruvga berdi.

Jamilev advokatiga ko‘ra¸ Federal xavfsizlik xizmati tomonidan unga Rossiya Jinoyat Kodeksining uch moddasi bo‘yicha ayb qo‘yilmoqda.

Ukraina Oliy Radasi deputati Mustafo Jamilev Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishiga keskin norozilik ko‘rsatib kelmoqda.

Jamilevni ekstremistik ruhdagi chiqishlar qilganlikda ayblagan Moskva uning Rossiya¸ xususan¸ Rossiya anneksiya qilgan Qrimga kirishini besh yilga taqiqlagan edi.

Sovet va Rossiya huquq faollari veteranlaridan sanalgan Mustafo Jamilev SSSR paytida ham “antisovet faoliyati” uchun qamalib¸ umrining 15 yilini turmada o‘tkazgan edi.

XS
SM
MD
LG