Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:23

O‘zbekistonda elektr quvvati ishlab chiqarish 104 foizga ko‘paydi


“O‘zbekenergo” hissadorlik jamiyati 2014 yilda O‘zbekistonda elektr quvvati ishlab chiqarish 104,2 foizga o‘sganini rasman ma’lum qildi.

Shirkat saytida qayd etilishicha, o‘tgan yili mamlakatda 55 milliard 500 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 104,2 foizga ko‘pdir.

“O‘zbekenergo”, shuningdek, 2015 yilda mahsulot eksport qilish hamda xizmat ko‘rsatish rejasi yuz foizdan ko‘proqqa bajarilganini ham bildirgan. Shirkat saytida qayd etilishicha, ishlab chiqarishga sarflanadigan harajatlar qisqartirilishi ortidan ishlab chiqilgan elektr energiyasi tannarxining 14 foiz arzonlashiga sabab bo‘lgan.

Ayni paytda qish mavsumida o‘zbekistonliklar elektr energiyasi ta’minotida muntazam uzilishlar bo‘layotgan sharoitda yashab kelmoqda. Ozodlikka yetib kelgan xabarlarga qaraganda, ayrim viloyat va tumanlarda elektr quvvati sutkasiga 2-3 soatdan berilmoqda.

XS
SM
MD
LG